Category: Telefon

Telefon – ma’lumotlarga ko‘ra dunyo bo‘yicha olti milliard insonlar telefonlardan foydalanadilar. Bu ko‘rsatkichlar esa telefonning muzlatgichdan ko‘ra ommabop va foydaliroq ekanligidan dalolat beradi.

 

Qalin «yong‘oq chaqquvchi» telefonlardan boshlab to bejirim telefonlargacha bo‘lgan uzoq yo‘l telefon sanoatini boy sanoatlardan biriga aylantirdi.

 

Ammo hozirda urfdagi keng sensor ekranga ega bo‘lgan smartfonlarni hamma ham qabul qilavermaydi shu sababdan ham baquvvat va paypaslashga, qo‘lda tutishga qulay bo‘lgan telefonlar doimiy insonlar cho‘ntagidan joy olgan.

 

Ko‘p hollarda telefonlar insonlarni bir-birlariga bog‘lovchi yagona vosita bo‘lib qoladi.