“Honor 8X” eng muhim yangilanishlarga ega bo’ladi.

O’rtahol flagmanlarning biri sanalmish ushbu a’lo moslama endilikda o’zining ikkinchi hayotiga ega bo’ldi.

Honorning Hindiston filiali “Honor 8X” uchun EMUI 10 ga qadar yangilanishlar olib borilayotgani borasida rasmiy bayonot berdi. Bu bayonotga ko’ra yanvar oyining uchinchi haftasida ushbu telefon yangi proshivkaga ega bo’lishi lozim.

“Honor 8X” eng muhim yangilanishlarga ega bo'ladi.
Foto: hi-tech.news

Hoynahoy Honor 8X ega bo’lishi kutilayotgan EMUI 10 Huawei kompaniyasining ohirgi, to’liq proshivkasi bo’lishi kerak. Shu sababdan uning funksiyalari va texnologiyasiga e’tibor qaratish lozim. Chunki narx ko’rsatkichi unchalik katta qiymatga ega bo’lmagan “Honor 8X” ning EMUI 11 yangilanishga ega bo’lishi dargumondir.

Dastur 3.5 Gb dan ortiq hajmga ega va 10.0.0.170 raqami bilan chiqarilgan. Shu tufayli yaqin haftalarda sizning smartfonlaringizdagi ushbu kod bilan bog’liq yangiliklardan bohabar bo’lib turing.

EMUI 10 ga telefon sozlamalaridagi yangilanishlar yoki HiCare nomli maxsus dastur orqali kirish mumkin. Shak-shubhasiz “Honor 8X” ning yutug’i EMUI 10 dagi  barakalikda yaxshi ishlab chiqarilishdadir. “Honor 8X” ning yaqqol afzalligi shundaki u shubhasiz EMUI 10 orasida yaxshi ishlab chiqarilayotganligidir. Balkim ushbu flagman Kirin 710 protsesori, 4 Gb operativ xotira GPU Turbo 3.0 hamda EROFS fayl sistemasini ko’tara olishi bilan u yanada keng quloch yozar.

Ko’rsatib o’tilgan bunday kuchli quvvat o’yin uchun juda qulay hamda  xotira tizimiga yanada tez yo’l topishda ko’rinadi. EMUI 10 bu yana qorong’u tartib tizimi, yangi ranglar palitrasi, ilovalar va konfidentsionallikdagi taftish imtiyozlari va yana qator (vizual) ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan o’zgarishlar, bular sirasiga panel yangilanishi hususida bildirgi ham kiradi.

Smartfon EMUI 10 boshqarish tizimida ishlab, zamonaviyroq  va eng zarur bo’lgan funksiyalarga kirish yengillashtirilgan.