Nubia Red Magic 5G haqiqiy “monster” bo’ladi!

Tez kunlarda bozor rastalaridan joy olishi kutilayotgan “Nubia Red Magic 5G” mashxur Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan o’yin o’ynash uchun mo’ljallangan navbatdagi smartfon bo’lib, uning quvvat olish tezligi barchani hayratga solishi kutilmoqda. Ushbu yangi avlod flagmani oldingi flagmanlarni 144 Gs ekrani va super tez quvvat tizimi mavjudligi bilan mag’lub etadi.

Nubia Red Magic 5G haqiqiy

Maxsus o’yin o’ynash uchun mo’ljallangan smartfonlardan biz oddiy qo’llaniluvchi smartfonlardan ko’ra, ko’proq narsa talab etishga albatta haqlimiz. Hozirgi vaqtga kelib o’yinlar, eng ko’p talab qilinuvchi ilova dasturlardan biri hisoblanadi. Birinchidan: ular bir maromda qotib qolmasdan tekis ishlashi zarur, ikkinchidan esa: ushbu o’yinni o’ynayotgan moslama bir necha soat davomida maroqli o’yin uchun qulaylik bilan ta’minlashi zarur.

Ko’pchilik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o’yin uchun moslashtirilgan flagmanlarni ishlab chiqarishni afzal bilishmaydi, ammo bu “poygada” ishtirok etuvchi mutaxassislar kelajak mobil vositalar bozorini yaratishadi.

Yangi Nubia Red Magic 5G bu borada ilk qadamlari bilan “yorib chiqishi” kutilmoqda. Xabarlarga ko’ra u 144 Gs bilan yangilangan, AMOLED ekran bilan jihozlangan bo’ladi. Ushbu ekran matritsasi sekundiga 144 marotaba yangilanadi va bu bir maromda qotib qolishlarsiz tekis o’yin (game play) o’ynash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ushbu o’yinni yakunlash va boshqa 60 Gs (gers) telefonga o’tishda qiyinchilik tug’diradi.

Nubia Red Magic 5G’ning yana bir afzalligi – bu tez quvvat oluvchi 80 vatt quvvatli moslama bilan jihozlanganligidadir. Ushbu ma’lumotlar hozircha rasmiy emas, ammo bular haqiqatdan to’g’ri bo’lsa, bu xabar ushbu texnologiya muxlislari uchun juda ham quvonarli yangilik bo’ladi.

Agarda ushbu quvvat kuchi 80 vattga ega flagman bozor rastalariga chiqadigan bo’lsa, Red Magic 5G dunyoda eng tez quvvatlanuvchi smartfonga aylanadi. Nubia Red Magic 5G’ning tasnifi hususida ohirgi aniq ma’lumot shuki – unda Snapdragon 865 protsessorining bo’lishi, ya’ni juda yaxshi va quvvat tejovchi chipning mavjudligidir.