Realme C3 fevral oyining boshlarida chiqishi kutilmoqda

Realme qanday ko’rinishda ekanligi hozirda bizga ma’lum Realme’ning boshqaruvchi direktori Manxav Shetning Twitter ijtimoiy tarmog’ida ma’lumot berishiga ko’ra ushbu smartfon seriyasida yangi model paydo bo’ladi.

Realme C3 fevral oyida chiqadi
Foto: Google

Bu ma’lumotdan so’ng, darhol fevral oyining boshlarida o’tishi rejalashtirilayotgan maxsus tadbirga taklifnoma ham jo’natilgan. Taklifnomaga ko’ra Realme C3 ushbu yilning fevral oyi, 6 sanasida chiqadi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu smartfonlar anchadan beri ommaga ma’lum, bundan tashqari C3 va C3s’ning har ikkisi Singapur va Tailandda sertifikatsiyalangan. Shunisi qiziqki taklifnomada ushbu smartfonning foto sur’ati ham mavjud. Demak endilikda biz ushbu telefonning tashqi ko’rinishi to’g’risida ham rasman tasdiqqa egamiz.

Ko’rib turganingiz kabi u Notch Displey tomchi shaklidagi qirqimga (V shakliga ega qiyiq displey), hamda katta hajmdagi pastki romga egadir. Realme C3 orqa tarafdan ikki taraflama kameraga ega bo’ladi. Oldingi versiyadan farqli o’laroq bu kameralar vertikal (tik) joylashtirilgan.

Afsuski bu faqatgina foto sur’atda ko’rinishidan olingan ma’lumotlar – ushbu modelning orqa tarflama barmoq skanerga ega ekanligi esa noma’lum. Biz ushbu telefon to’g’risida aniq texnik (spesifikatsiya) tasnifiga ega emasmiz. Ammo bizga ma’lum bo’lgani shuki ushbu model shubhasiz ko’k rangda bo’ladi.

Ushbu smartfon modellari narx-navo jihatdan xamyonbopdir. Shu sababdan ham bu smartfondan hech qanday baquvvat, kuchli  tarkibiy qismni kutish noo’rindir. Realme «Entertainment Ka Superstar» maxsus reklama chaqirig’idan C3’ning taraqqiy etish yo’lida foydalanadi.

Ushbu so’z «Xushchaqchaqlikning superyulduzi» deb tarjima qilinadi. Ushbu smartfon oldingilaridan ko’ra anchayin kuchli quvvat tizimiga ega bo’ladi.